Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Toshmatov esa rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.
Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov yangi ta’sis etilgan Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Palata raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.
Oktabrda amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida 3-o‘rinni olgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi. Avvalroq jamoa a’zolari 3-o‘rin uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganiga norozilik bildirgandi.
O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting